"Rayo Valekano" joriy mavsumda o'z maydonida "Barselona" va "Real"ga yutqazmagan ilk jamoa bo'ldi.
10 NOYABR, 2025, 08:06
"Rayo Valekano" La Liga turnir jadvali peshqadami Madridning "Real" klubidan ochko tortib olishga muvaffaq bo'ldi.
Yakshanba kuni bo'lib o'tgan uchrashuv 0:0 hisobida yakunlandi. E'tiborlisi, "Rayo Valekano" joriy mavsumda ispan futbolining har ikkigigantiga yutqazmagan ilk jamoaga aylandi. Sentyabr oyida "Barselona" bilan bo'lib o'tgan uchrashuvda ham durang qayd etilgandi - 1:1.
Inigo Peres jamoasi 12 turdan so'ng 15 ochko bilan 12-o'rinni egallab turibdi. "Rayo" keyingi turda autsayder "Ovedo" mehmoni bo'ladi.
