Timur Kapadze O'zbekiston milliy jamoasi murabbiylar shtabidagi faoliyatini to'xtatdi
10 NOYABR, 2025, 07:36
O'zbekiston milliy terma jamoasi yordamchi murabbiyi Timur Kapadze o'z faoliyatini yangi bosqichda davom ettirish istagini bildirgan holda, O'zbekiston futbol assotsiatsiyasi rahbariyatiga lavozimidan ozod etilish to'g'risida murojaat qildi.
Mutaxassisga boshqa taklif tushgani hamda u o'z murabbiylik faoliyatini bosh murabbiy sifatida davom ettirish niyatida ekanligi bois, O'FA rahbariyati uning qarorini hurmat bilan qabul qildi.
O'zbekiston futbol assotsiatsiyasi Timur Kapadzening o'zbek futboli rivojiga qo'shgan hissasi uchun samimiy minnatdorlik bildiradi va uning murabbiylik faoliyatida ulkan muvaffaqiyatlar tilaydi.
