«Barsa» FIFA kunlaridan oldin peshqadam «Real» bilan farqni qisqartirib oldi
10 NOYABR, 2025, 04:30
"Barselona"ning La Ligada "Real" bilan oradagi farqi 12-turdan keyin 3 ochkogacha qisqardi.
"Rayo Valekano" (0:0) bilan durang qayd etgan "Real" ochkolarini 31 taga etkazib, peshqadamlik qilmoqda. "Barselona" hisobida "Selta" (4:2) ustidan qozonilgan g'alabadan keyin 28 ochko bor.
Uchinchi o'rinda 26 ochko to'plagan "Vilyarreal" bormoqda. 4-pog'onadagi "Atletiko" hisobida 25 ochko mavjud. Keyingi o'rinlarni "Betis" (20 ochko) va "Espanol" (18 ochko) egallab turibdi.
La Liganing xavfli zonasida "Jirona", "Levante" va "Ovedo" bormoqda - ular mos ravishda 18, 19 va 20-o'rinlarni egallab turibdi.
