A Seriyada chempionlik poygasi qiziqmoqda
10 NOYABR, 2025, 03:48
"Inter" A Seriya 11-turidan keyin peshqadamga aylanib oldi. Kristian Kivu jamoasi "Latsio"ni mag'lub etib (2:0), ochkolari sonini 24taga etkazdi.
Qo'shimcha ko'rsatkichlar bo'yicha "Roma" milanliklardan ortda qolmoqda (24 ochko).
Uchinchi va to'rtinchi o'rinlarni mos ravishda "Milan" va "Napoli" (22 ball) egallagan.
"Bolonya" beshinchi (21), "Yuventus" oltinchi (19). "Latsio" 15 ochko bilan 9-pog'onada bormoqda.

