logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 22:08
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Levandovski "Barsa" safida gol urish bo'yicha Neymarni ortda qoldirdi

 10 NOYABR, 2025, 03:42

Robert Levandovski "Barselona" safida 106, 107 va 108-gollarni urdi.

37 yoshli hujumchi La Liga doirasida "Selta"ga qarshi o'yinda (4:2) xet-trik qayd etdi.

Levandovski kataloniyaliklar safida gollar soni bo'yicha Neymar, Euloxio Martines, Everisto (barchasida 105tadan gol bor) va Xose Antonio Saldua (106) ni ortda qoldirdi.

Endi polshalik forvard Luis Enrike (108) bilan "ko'k-anorranglilar" tarixidagi eng yaxshi to'purarlar ro'yxatida 13-o'rinni bo'lishib turibdi. U Estanislav Basorga (110) ikkita, Xristo Stoichkovga (117), Jozep Eskolaga (120) 12 ta, Karles Reshak va Patrik Klyuyvertga (122) etib olishi uchun 14 ta gol urishi kerak.

"Barselona" tarixidagi eng yaxshi to'purar Lionel Messi bo'lib, u 672 ta gol urgan.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ