logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 06:19
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

"Barselona" 2013 yildan buyon eng yomon natijasini ko'rsatmoqda

 10 NOYABR, 2025, 03:36

"Barselona" qatorasiga 10-o'yinda darvozasi daxlsizligini saqlab qola olmadi. Bu klubning 2013 yil boshidan beri eng yomon seriyasi. O'shanda ular 13 o'yinda 21 ta gol o'tkazib yuborgan.

La Liganing 12-turida kataloniyaliklar "Selta"ni 4:2 hisobida mag'lub etdi.

Bungacha "ko'k-anorranglilar" darvozasiga "Elche" (3:1), "Real Madrid" (1:2), "Olimpiakos" (6:1), "Jirona" (2:1), "Sevilya" (1:4), "PSJ" (1:2), "Real Sosedad" (2:1), "Real Ovedo" (3:1) va "Bryugge" (3:3) gol urgandi. Umumiy hisobda raqiblar bu davrda "Barsa" darvozasini 18 marotaba ishg'ol etishdi.

So'nggi quruq o'yin sentyabr oyida bo'lib o'tgan.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ