Tennis. Yakuniy WTA turnirining g'olibi aniqlandi
9 NOYABR, 2025, 21:06
Saudiya Arabistoni poytaxti Ar-Riyod shahrida tennis bo'yicha mukofot jamg'armasi 15 million 250 ming dollarni tashkil etgan yilning Yakuniy WTA turniri nihoyasiga etdi.Musobaqa bosh sovrini qozog'istonlik tennis malikasi Elena Ribakinaga nasib etdi. U hal qiluvchi final uchrashuvida dunyoning birinchi raketkasi, belaruslik Arina Sobolenkoni 6/3, 7/6(0) hisobida mag'lubiyatga uchratdi. Tennischilarning o'zaro uchrashuvlarida hamon Arina oldinda bormoqda - 10:7.
Bir yuz sakkiz daqiqa davom etgan final bahsida Ribakina 13, Sobolenko 5 ta eys zarbasini amalga oshirgan. Qo'shxato va breyklar Elenada ko'proq bo'ldi 2 ga 0 va 1 ga 0 ko'rinishlarida.
