logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 18:09
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Superliga. "Qizilqum" o'z maydonida "Andijon"dan ustun keldi

 9 NOYABR, 2025, 17:12

Superliga 28-turida "Qizilqum" Navoiyda "Andijon"ni qabul qildi va 2:1 hisobida g'alaba qozondi.

O'yinda mezbonlar 1-daqiqadayoq oldinga chiqib olishdi. Andijonliklar himoyachisi Kristian Novak o'z darvozasiga gol kiritib qo'ydi. Taym yakunida (45+4) Damir Temirov muvozanatni tikladi. 73-daqiqada Shoxruz Norxonov tomonidan kiritilgan gol "Qizilqum"ga 3 ochko keltirdi.

"Oltin izlovchilar" 35 ochko bilan 8-o'ringa ko'tarildi. "Andijon" 29 ochko bilan 11-pog'onada.

Superliga. 28-tur
9 noyabr, yakshanba, 15:00
Qizilqum - Andijon - 2:1
Gollar: 1:0 – 1, Kristian Novak (avtogol), 1:1 – 45+4, Damir Temirov (Bektemir Abdumannonov), 2:1 – 72, Shohruz Norxonov (Dushan Miyich)
Qizilqum: Sanjar Quvvatov, Ilhom Vahobov, Davron Anvarov (Akmal Muzaffarov, 71), Shahzod Rahmatullaev (Murodali Usmonov, 90+2), Jambuli Jigauri (Shahzod Turopov, 80), Asror G'afurov, Farhod Bekmuratov, Ilhom Kenjaev (Diyor Rahmatilloev, 46), Bobomurod Bozorov, Shohruz Norxonov (Kamron Norqulov, 90+2), Dushan Miyich
Andijon: Erjan Tokotaev (Eldor Adhamov, 18), Abubakir Ashurov, Sunnatulloh Hamidjonov, Abdulvohid G'ulamov, Otabek Jo'raqo'ziev (Saidumarxon Saidnurullaev, 76), Damir Temirov (Shohjahon Yorqinboev, 76), Usmonali Ismonaliev (Bekzod Sulaymonov, 81), Doniyor Abdumannopov, Muhammadkarim Toirov, Kristian Novak, Bektemir Abdumannonov (Abdurahmon Abdullaev, 81)
Ogohlantirishlar: Shohjahon Yorqinboev (79), Dushan Miyich (82), Abubakir Ashurov (89), Doniyor Abdumannopov (90+3), Muhammadkarim Toirov (90+7)

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ