logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 13:45
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

"Barselona" Reshfordga o'rinbosar topdi

 9 NOYABR, 2025, 13:48

Kataloniyaning "Barselona" klubi hujumning chap qanotini kuchaytirish niyatida. Sport.es xabariga ko'ra, "ko'k-anorranglilar" Markus Reshfordni "Manchester Yunayted"dan sotib olishga qiziqish bildirmoqda. Agar kelishuv amalga oshmasa, kataloniyaliklar e'tiborni boshqa futbolchiga qaratadi.

Manbaga ko'ra, "Barselona"ning e'tiborida Frantsiyaning "Lion" klubi safida to'p tepayotgan belgiyalik vinger Malik Fofana turibdi. Uning "to'quvchilar" bilan mehnat shartnomasi 2028 yilning yozida tugaydi va bozor qiymati 30 million evroga baholanmoqda.

Joriy mavsumda 20 yoshli futbolchi 12 ta o'yin o'tkazdi. Malik ikkita gol va bitta golli uzatmani o'z hisobiga yozdirib qo'ydi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ