logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 11:23
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

"Tottenxem" Saudiyadagi ingliz yulduzini sotib olishga bel bog'ladi

 9 NOYABR, 2025, 13:36

Saudiya Arabistonining "Al-Ahli" klubi forvardi Ayven Toni "Tottenxem"ning yanvar oyidagi transfer maqsadiga aylandi. Bu haqda Football Insider nashri xabar bermoqda.

Biroq, "Tottenxem" Dominik Solanke yoki Risharlisonni sotib yuborgan taqdirdagina kelishuv amalga oshishi mumkinligi aytilmoqda.

Eslatib o'tamiz, Toni Yaqin Sharqqa ko'chib o'tgunga qadar Angliyaning "Brentford," "Nyukasl" va boshqa klublarida to'p surgan. U 2024 yilning yozidan buyon "Al-Ahli" safida to'p surib, 59 ta o'yinda maydonga tushdi, 41 ta gol urdi va sakkizta golli uzatmani amalga oshirdi.

Transfermarkt portali ma'lumotlariga ko'ra, 29 yoshli Tonining narxi 25 million evroga teng.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ