logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 23:46
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Muhammad Mokaev Brave CF ligasidagi navbatdagi raqibni aytdi

 9 NOYABR, 2025, 13:32

O'ta engil vazn toifasida vakant bo'lib turgan Brave CF chempionlik kamarini qo'lga kiritgan Muhammad Mokaev ikkinchi vaznda ham chempion bo'lmoqchi.

U engil vazn toifasida chempionlik unvoniga ega serbiyalik Borislav Nikolichga qarshi oktagonga chiqmoqchi. Ikki chempion ham Bahraynda bo'lib o'tgan Brave CF 100 turniridan keyin super jang o'tkazishga tayyor ekanliklarini malum qilishdi.

"Men bir narsani aytmoqchiman. Biz istalgan vaqtda va istalgan joyda jang qilishimiz mumkin, ammo buning uchun yaxshigina haq to'lanishi kerak. Bu biznes, chunki men oilamni boqishim kerak. Agar tashkilot pul to'lasa, sen bilan Serbiyada jang qilaman", - dedi oqshomning markaziy jangida Xamza Kuxejini to'rtinchi raundda nokautga uchratgan Nikolich.

"Do'stim, gonoraringizni o'zim to'layman, tashvish qilmang. SHahid, unga yaxshi pul ber! Men ikki vazn chempioni bo'lishga tayyorman!", - deya javob qaytardi britaniyalik Mokaev bo'lajak raqib va Liga rahbariyatiga yuzlanib.

Malumot uchun, 25 yoshli Muhammad Mokaev ikkinchi raundning sakkizinchi soniyasida irlandiyalik Jerard Bernsni texnik nokautga uchratib, Brave CF chempioniga aylangandi.



Manba: olamsport.com

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ