"Everton" vingeri Evropaning bir qator grandlarida qiziqish uyg'otdi
9 NOYABR, 2025, 13:30
"Everton" vingeri Ilman Ndiaye Evropaning grand klublari qiziqishlari doirasida bo'lib turibdi.
teamTALK ma'lumotiga ko'ra, 25 yoshli senegallikning xizmatlariga "Tottenxem", "Nyukasl", "Yuventus", "Milan" va "Atletiko" klublari qiziqish bildirmoqda. Shu bilan birga, ta'kidlanishicha, "shporlar" Ndiayeni asosiy transfer maqsadlaridan biri sifatida ko'rmoqda, chunki klub yaqin qishda hujum chizig'ini kuchaytirishga qat'iy qaror qilgan.
Angliya Premer-ligasining joriy mavsumida Ndiaye barcha musobaqalarda 11ta o'yinda maydonga tushib, raqiblar darvozasini 4 marta ishg'ol qildi va 1ta assistni o'z hisobiga yozdirib qo'ydi.
Transfermarkt portali mutaxassislari vingerning narxini 35 million evroga baholamoqda.
