«Dinamo» etakchisi «Paxtakor» va «Nasaf» o'rtasida tanlov qildimi?
9 NOYABR, 2025, 13:06
Samarqandning "Dinamo" klubi safida 2024 yilning qishidan buyon faoliyat olib borayotgan Ratino katta ehtimol bilan qishda jamoasini o'zgartiradi.
29 yoshli braziliyalik tayanch yarim himoyachisi oldidan "Paxtakor" va "Nasaf"dan taklif bor. "Sherlar" unga oyiga 300 million evroga yaqin maosh bilan shartnoma taklif qilgan, "Nasaf" taklif qilayotgan pul ko'proq va shartnoma 2 yilga mo'ljallangan. Futbolchi katta ehtimol bilan OChL2 ishtirokchisiga aylangan toshkentliklar taklifini qabul qiladi, deb yozmoqda TopPodcast | O'zbek Futboli sahifasi.
Ratino joriy mavsumda barcha turnirlarda jami 30 ta o'yinda 3 ta gol urib, 3 ta golli uzatma amalga oshirdi.
