logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 03:41
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

UFC Fight Night turnirining bonus sohiblari malum

 9 NOYABR, 2025, 12:32

Promoushen matbuot xizmati tomonidan bugun tongda Las-Vegas shahrida o'tgan UFC Fight Night 264 turnirining bonus sohiblarini elon qilindi.

Oqshomning asosiy voqeasi bahsli o'tgan bo'lsa-da, unda g'alaba qozonga Gabriel Bonfim bonuslardan biriga loyiq ko'rildi. Jang texnik nokaut deb elon qilingan vaziyatda Rendi Braun bunga jiddiy qarshilik ko'rsatdi. Ammo referi fikrini o'zgartirmadi.   

Ikkinchi 50 000 dollarlik bonus britaniyalik Kristian Leroy Dankanga nasib etdi. U turnirning asosiy kardini ochgan jangda Marko Tulioni ajoyib tarzda nokautga uchratdi. 

SHuningdek, promoushen debyutanti, og'ir vazn toifasidagi amerikalik Josh Xokitning 56 soniyada hamyurti Maks Gimenisni nokautga uchratgani ham "Oqshom namoyishi" uchun bonus sifatida qayd etildi.

To'rtinchi bonus amerikalik Zakari Rizga nasib etdi. U qisqa muddatda jangni qabul qilganiga qaramay, Jekson Makveyni ikkinchi raundning 1:38 daqiqasida ortdan bo'g'ib qo'ydi.



Manba: olamsport.com

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ