"Real" Rodrigoni arzimagan summaga sotishga qaror qildi
9 NOYABR, 2025, 09:12
2026 yilda "Real" bir necha futbolchisi bilan xayrlashishi mumkin. Shunday futbolchilardan biri hujumchi Rodrigo bo'lib, u joriy mavsum "qaymoqranglilar" safida bor yo'g'i 3 marta asosiy tarkibda maydonga tushdi.
Transfer News Live nashrining Defensa Central’ga tayanib xabar berishicha, "Real"dagilar Rodrigoning beqarorligidan tobora norozi bo'lib, u bo'yicha 50 million evro atrofidagi takliflarni ko'rib chiqishga tayyor. Bu 24 yoshli forvardning "Transfermarkt" portalidagi narxidan ham past. U erda Rodrigoni 80 millionga baholashadi.
Rodrigo bu mavsumda "Real"ning 12 o'yinida ishtirok etdi va hozircha biror marta ham gol ura olmadi. Braziliyalik futbolchi hisobida faqat ikkita golli uzatma bor - ikkalasi ham Chempionlar Ligasida.
