Keza: "APLda g'alaba qozonish o'zgacha"
9 NOYABR, 2025, 08:24
O'tgan mavsumda italiyalik hujumchi Federiko Keza "Liverpul" bilan birga APL g'olibiga aylangandi. Italiyalik jurnalistlar Kezadan bu uning uchun nimani anglatishini so'rashdi. Federikoning so'zlariga ko'ra, bu "fantastik tajriba" edi.
"O'tgan mavsum davomida ko'p o'ynamagan bo'lsam-da, "Liverpul" bilan APLda g'alaba qozonish men uchun ajoyib tajriba bo'ldi. Yonimda aql bovar qilmaydigan o'yinchilar. Va men juda mamnunman," - deya Kezaning so'zlarini keltiradi pianetamilan.it.
Ayni damda "Liverpul" Angliya chempionati turnir jadvalida to'rtinchi o'rinni egallab turibdi. Klub yakshanba kuni APL 11-turi doirasida "Manchester Siti"ga qarshi bahs olib boradi.
