logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 21:09
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

"Yuventus" ustozi Spalletti derbidagi durangni izohladi

 9 NOYABR, 2025, 08:12

"Yuventus" bosh murabbiyi Luchano Spalletti A Seriya doirasida "Torino"ga qarshi kechgan va nursiz durang bilan yakunlangan o'yindan keyin o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

"Maydon markazida bunday zichlik bo'lsa, to'p bilan sifatliroq muomala qilish, tezroq pas berishga harakat qilish kerak. Raqibga to'p uzatishlar ko'ndalang yoki orqaga emas, balki oldinga yo'naltirilgan bo'lsa, himoyalanish qiyinroq bo'ladi. Biz bu borada takomillashishimiz kerak. Bugun jamoa qo'lidan kelganicha harakat qilmadi. Chempionlar Ligasidan keyingi charchoq ham ta'sir qildi, ammo men baribir futbolchilarning sa'y-harakatlarini qayd etgan bo'lardim," - dedi yaqinda Igor Tudor o'rnini egallagan Spaletti DAZN’ga bergan intervyusida.

"Yuventus" Italiya chempionatining 11-turidan keyin turnir jadvalida beshinchi o'rinda bormoqda.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ