"Real" Madrid derbisi uchun qaydnomasini e'lon qildi
9 NOYABR, 2025, 08:06
"Real" "Rayo Valekano"ga qarshi bo'lajak Madrid derbisida maydonga tushishga tayyor futbolchilar ro'yxatini e'lon qildi. "Qaymoqranglilar" bosh murabbiyi Xabi Alonso quyidagi futbolchilarga umid qilmoqda:
Kurtua, Lunin, Mestre – Militao, Alaba, Trent, Asensio, Karreras, Fran Garsiya, Mendi, Xyoysen – Bellingem, Kamavinga, Valverde, Gyuler, Sebalos – Vinisius, Endrik, Mbappe, Rodrigo, Gonsalo Garsiya, Braim Dias.
La Liga doirasidagi "Rayo Valekano" - "Real" uchrashuvi 9 noyabr kuni Toshkent vaqti bilan 20:15da boshlanadi.
