Ronaldu "Neom"ga qarshi o'yinda hakamga e'tiroz bildirdi. Uning nimalar degani ma'lum bo'ldi
9 NOYABR, 2025, 08:00
"An-Nasr" shanba oqshomida Saudiya Arabistoni chempionatida "Neom"ni 3:1 hisobida mag'lub etdi. Barcha gollar ikkinchi bo'limda urildi.
Tanaffusga hushtak chalingach, Krishtianu Ronaldu hakamga e'tiroz bildirdi. "An-Nasr"ning hujumi yakunlanishiga hakam yo'l qo'ymagani portugaliyalikka yoqmagan ko'rinadi. Shu payt Ronaldu hakamga kinoya bilan shunday dedi:
- Barakalla, barakalla. Shu ruhda davom et, sen yaxshi o'yin o'tkazyapsan - juda yaxshi o'yin," - deya Ronalduning so'zlarini keltiradi The Sun.
Ikkinchi bo'limda Krishtianu Ronaldu penaltidan gol urdi. Hozirda 40 yoshli portugaliyalik faoliyati davomida 953 ta gol urgan.
