Arteta APLning murakkabligiga ishora qildi
9 NOYABR, 2025, 02:06
"Arsenal" bosh murabbiyi Mikel Arteta "Sanderlend" (2:2) bilan mehmondagi durangdan so'ng Premer-liga qiyinligini ta'kidladi.
"Premer-liga har hafta jamoalar o'rtasidagi farq qanchalik kam ekanligini ko'rsatadi. Ba'zan o'yin natijasini mayda-chuyda detallar hal qiladi. Endi xalqaro pauza boshlanadi. Biz juda xafamiz, lekin oldinga siljishimiz kerak. Hujum chizig'ida 7 nafar jarohatlangan futbolchimiz bor. Biz cheklanganmiz, lekin mavsum shunday.
Jamoaning o'tkazib yuborilgan golga munosabati menga yoqdi. Biz qayta o'ynab, oldinga chiqib oldik. Afsuski, keyin yana gol o'tkazib yubordik," - deya Artetaning so'zlarini keltiradi NBC Sports.
"Arsenal" 11 turda 26 ochko to'plagan holda Premer-ligada peshqadamlik qilmoqda.
