logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 07:11
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Noyer aybini tan oldi

 9 NOYABR, 2025, 01:54

"Bavariya" darvozaboni Manuel Noyer Berlinning "Union" klubi bilan durangdan (2:2) keyin o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

Tajribali futbolchi birinchi gol urilgan vaziyatda aybdor ekanini tan oldi.

"Birinchi gol bilan bog'liq epizodda noto'g'ri qaror qabul qildim. Ikkinchi holatda esa to'pni olib qo'yishda yutqazdik. Bu raqibga qarshi qiyin bo'ldi, ayniqsa chorshanbadan keyin. Ammo tez orada g'alabalarga qaytishimizga ishonamiz. Umuman olganda, bu yomon tur emas: biz ochko to'pladik, raqiblar esa yo'q. Hozir bizda olti ochkolik ustunlik bor," - deya Noyerning so'zlarini keltiradi Goal portali.

Xabaringiz bor, "Bavariya" mavsumda ilk bor g'alaba qozona olmadi. Bu oqshomgacha myunxenliklar barcha turnirlardagi 16 o'yinning barchasida g'alaba qozongan edi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ