«Yuventus» so'nggi 12 o'yinda bor-yo'g'i 2 bor g'alaba qozondi
9 NOYABR, 2025, 01:24
"Yuventus" so'nggi 12 o'yinda atigi 2 g'alabaga erishdi.
Bugun Luchano Spalletti jamoasi A Seriyaning 11-turida "Torino" bilan ochko bo'lishdi (0:0). Bu "Byankonerilar"ning so'nggi 12 o'yindagi ettinchi durangidir. Shuningdek, ularning hisobida 3 ta mag'lubiyat va 2 ta g'alaba bor.
Bungacha jamoani Igor Tudor boshqarib kelayotgan edi.
Ayni damda "Yuventus" 19 ochko bilan Italiya chempionati turnir jadvalida 5-o'rinda bormoqda.

