OKMK 11 yildan so'ng Olmaliqda "Navbahor"ga 3 ta gol urdi
8 NOYABR, 2025, 18:48
Kecha Superliganing navbatdagi turida OKMK va "Navbahor" jamoalari o'zaro kuch sinashishdi.Darvozalarga 4 ta gol urilgan oqshomda mezbonlar 3:1 hisobida g'alaba qozondi. SHu tariqa OKMK 11 yildan so'ng yana Olmaliqda "lochinlar" darvozasiga 3 ta to'p kiritishni uddasidan chiqdi. Jamoa oxirgi marotaba 2014 yilgi mavsumning 25-turida shunday ko'rsatkich qayd etgan (3:1) edi. O'shanda gollarga Azamat Isroilov, Sanjar SHoahmedov (dubl) mualliflik qilishgan.
OKMK keyingi turni 20 noyabr kuni Termizda "Surxon"ga qarshi o'tkazsa, "Navbahor" 22 noyabr sanasida "Mashal" mehmoni bo'ladi.
Manba: olamsport.com
