logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 21:26
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Grossmeysterlarimiz Jahon kubogining uchinchi bosqichida qanday natija qayd etishdi?

 8 NOYABR, 2025, 12:00

Hindistonning Goa shahrida shaxmat bo'yicha umumiy mukofot jamg'armasi 2 million AQSH dollarini tashkil qiluvchi Jahon kubogi bo'lib o'tmoqda.

Dunyoning 206 nafar shaxmatchisi qatnashishni boshlagan nufuzli musobaqaning 1/32 final bosqichida ilk uchrashuvlar bo'lib o'tdi. Afsuski, to'rt grossmeysterimizdan hech biri ilk bahsda g'alaba qozona olmadi. Nodirbek Abdusattorov meksikalik Xose Martines Alkantaraga yaxshi imkoniyatga ega bo'la turib, yakunda raqibiga imkoniyatni boy berib qo'ydi.


SHamsiddin Vohidov reytingda o'zidan yuqorida borayotgan hindistonlik Arjun Eragisiga yutqazib qo'ydi. Qolgan ikki shaxmatchimiz ilk bahsda durangga rozi bo'lishdi. Javohir Sindarov greciyalik Nikolas Teodoru, Nodirbek Yakubboev esa vetnamlik Tay Van Nguen bilan murosaga keldi. 


comhttps://olamsport.com/uploa ... l.jpg class="fr-fil fr-dib">

Grossmeysterlarimizning uchinchi bosqichdagi ilk natijalari: 

Nodirbek Abdusattorov - Xose Martines Alkantara (Meksika) — 0:1 

Javohir Sindarov - Nikolas Teodoru (Greciya) — 0,5:0,5

Nodirbek Yakubboev - Tay Van Nguen (Vetnam) — 0,5:0,5

SHamsiddin Vohidov - Arjun Eragisi (Hindiston) — 0:1


Nomzodlar turniri yo'llanmasi uchun kechayotgan Jahon kubogining bugungi uchinchi bosqich ikkinchi uchrashuvlari bizning vaqt bilan soat 14:30da boshlanadi.


Manba: olamsport.com

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ