logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 21:59
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Amorim: "Fernandesh rotatsiyaga tayyor bo'lishi kerak"

 8 NOYABR, 2025, 08:54

"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Ruben Amorim tarkib rotatsiyasi haqida gapirdi. "Qizil iblislar" sardori Brunu Fernandesh deyarli har bir turda 90 daqiqadan o'ynaydi, ammo kelajakda bu o'zgarishi mumkin.

"Biz haftada bitta o'yin o'tkazamiz, shuning uchun hozir rotatsiya haqida o'ylamayapman. Kelajakda - ha, bu juda mumkin va Brunu buni tushunishi kerak. Jamoa evrokuboklarda ishtirok etganda g'alaba qozonishni istasangiz, tarkibni o'zgartirishingiz kerak. Fernandesh keyingi mavsumda rotatsiyaga tayyor bo'lishi kerak", - deya Amorimning so'zlarini keltiradi jurnalist Lauri Uitvell.

"Manchester Yunayted" Premer-liga o'n turidan keyin turnir jadvalida sakkizinchi o'rinda bormoqda. Mankunianliklar bugun "Tottenxem" mehmoni bo'ladi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ