"Liverpul" ustozi Virtsdan nima xohlayotganini tushuntirdi
7 NOYABR, 2025, 22:54
"Liverpul" bosh murabbiyi Arne Slot hujumkor yarim himoyachi Florian Virts haqida gapirdi.
"Florian bir nechta pozitsiyalarda o'ynay oladi. U chap qanotda harakat qila oladi - aynan shu erda u "Bayer"da Xabi Alonso qo'l ostida o'ynagan. Bungacha u asosan "o'nlik"da o'ynagan.
Bu erda muhimi rolning o'zi emas, balki u eng xavfli bo'lgan maydonlarda ekanligidir. Biz uning jarima maydonchasiga yaqin bo'lishini xohlaymiz, chap yoki o'ngdan bir oz ko'proq imkoniyat yaratish mumkin" - dedi Slot matbuot anjumanida.
Florian Virts "Liverpul" safida 15 ta o'yinda 3 ta golli uzatmani amalga oshirgan.
