UEFA "Kristal Pelas"ga rad javob berdi
7 NOYABR, 2025, 22:18
"Kristal Pelas"ning dekabr oyining ikkinchi yarmidagi taqvimi nihoyatda tig'iz: "KuPS"ga qarshi Konferentsiyalar ligasi o'yini (18 dekabr), Premer-liga doirasida "Lids"ga qarshi o'yin (21 dekabr) va "Arsenal"ga qarshi Liga kubogi o'yini (23 dekabr).
"Kristal Pelas" va "Arsenal" APLga "Lids" va "Everton"ga qarshi safar o'yinlarini mos ravishda 21 dekabrdan 20 dekabrga ko'chirishni so'rab murojaat qilishdi. "Pelas", shuningdek, UEFAga "KuPS"ga qarshi o'yinni 18 dekabrdan 17 dekabrga ko'chirishni so'rab murojaat qildi.
Mirror nashri xabariga ko'ra, UEFA "Kristal Pelas"ning iltimosini rad etgan, chunki Konferentsiyalar ligasining so'nggi turidagi barcha o'yinlar parallel ravishda o'tkazilishi kerak.
Umuman olganda, vaziyat murakkab. Biroq, Angliya futbol ligasidagi manbalar G'arbda Rojdestvo bayramini hisobga olib, "Arsenal" - "Kristal Pelas" Liga kubogi o'yini 23 dekabrdan oldinga ko'chirilishini kutishmaydi.
