logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 18:17
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Rodrigo London klubiga o'tishi mumkin

 7 NOYABR, 2025, 19:00

Hujumchi Rodrigo bu mavsumda "Real"da o'zi istaganchalik ko'p o'yin amaliyotiga ega bo'lmayapti. Faqat uch marta braziliyalik futbolchi Madrid jamoasining asosiy tarkibida maydonga tushgan.

Transfer News Live xabar berishicha, 24 yoshli Rodrigo "Tottenxem"ning transferlar ro'yxatida muhim o'rinlardan birini egallab turibdi. Braziliyalik o'zini Premer-ligada sinab ko'rmoqchi, buning ustiga unga muntazam o'yin amaliyoti kerak, chunki jahon chempionati yaqinlashmoqda.

Qayd etilishicha, "Real" "Tottenxem"ning Rodrigoga bo'lgan qiziqishidan foydalanishi mumkin. Gap shundaki, "qaymoqranglilar"ga "shporlar" himoyachisi Mikki van de Ven qiziq. U muzokaralarning bir qismi bo'lishi mumkin.

Rodrigo Transfermarkt portali tomonidan 100 million evroga baholanmoqda.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ