"Chelsi" hujumchisi jamoaning so'nggi natijalariga munosabat bildirdi
7 NOYABR, 2025, 17:48
"Chelsi" hujumchisi Joao Pedro jamoa EChL 4-turida "Qorabog'" bilan durang o'ynaganidan so'ng o'z fikrlarini bildirdi.
«Butun o'yin davomida diqqatni jamlashni o'rganishimiz kerak. Agar Premer-ligada ochko yo'qota boshlasak, keyingi mavsumda yana Chempionlar ligasiga chiqishimiz qiyin bo'ladi», - dedi 24 yoshli braziliyalik futbolchi.
Hozirda jamoa APLda 17 ochko bilan 10-o'rinda. EChLda ular 7 ochko bilan 12-pog'onaga joylashgan.
