"Inter" o'z tarixida ilk bor Chempionlar Ligasida to'rtta start o'yinida g'alaba qozondi
7 NOYABR, 2025, 15:54
Milanning "Inter" klubi Chempionlar Ligasidagi g'alabali yurishini davom ettirmoqda va ketma-ket to'rtinchi o'yinda g'alaba qozondi.
Ma'lum bo'lishicha, "Inter" Evropa turnirlaridagi ishtiroki davomida hech qachon bunday muvaffaqiyatli boshlamagan.
Natijada, hozirda "Inter" Chempionlar Ligasi guruh bosqichida 3-o'rinni egallab turibdi va Chempionlar Ligasining navbatdagi 5-turida Madridning "Atletiko" klubi mehmoni bo'ladi.
