Ronaldu Fergyusonni futboldagi otasi deb hisoblaydi
7 NOYABR, 2025, 15:48
"An-Nasr" forvardi Krishtianu Ronaldu Aleks Fergyuson haqida iliq fikrlar bildirdi.
- Manchesterda bo'lganimda u bilan ko'p muloqotda bo'ldim. U uyimga choyga kelardi. Sutli choy ichardik. U yaxshi odam.
Har doim qalbimda bo'ladigan inson bunga loyiq edi. Hayotda va karerada menga chinakam yordam bergan inson.
- U sen uchun ota siymosi edimi?
- Ha. Meni etaklagan odammi? Ha, ko'p jihatdan. U har doim so'z uchun javob berardi. Va'dalarini bajarardi. U yaxshi inson, men uni hurmat qilaman", - dedi Ronaldu Pirs Morganga bergan intervyusida.
