logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 03:51
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Futzal. O'zbekiston Islom birdamlik o'yinlari yarim finaliga chiqdi

 7 NOYABR, 2025, 15:36

Saudiya Arabistoni poytaxti Ar-Riyod shahrida o'tkazilayotgan Islom Birdamligi o'yinlarining futzal turida kecha 2-tur uchrashuvlari bo'lib o'tdi. Nodir Eliboev boshchiligidagi O'zbekiston milliy terma jamoasi ikkinchi uchrashuvda ham g'alaba qozonib, muddatidan oldin medallar uchun kurash olib boruvchi to'rtlikda o'rin egalladi. Yarim finalga terma jamoamiz guruhda birinchi o'rinni egallab chiqishi masalasi ham deyarli hal bo'ldi.

Ozarbayjon terma jamoasiga qarshi kechgan bahs hamyurtlarimizning to'liq ustunligi ostida o'tdi. Uchrashuvning ikkinchi daqiqasidayoq hakam VAR yordamida vaziyatni tekshirib, ozarbayjonliklar darvozasiga penalti belgiladi. Garcha bu imkoinyatdan Muzaffar Axadjonov foydalana olmagan bo'lsada, bu raqibni yirik mag'lubiyatdan qutqarib qololmadi. Muzaffar Axadjonov hamda Muhammadali Xusanboevlar bu bahsda xet-trikka erishishdi. Akbar Usmonov esa dubl qayd etdi. Shuningdek, Ixtiyor Ropiev, Ilxomjon Hamroev, Eldor Nigmatov, Abror Axmedzyanov, Xayrulla Solixovlar ham o'z ismi shariflarini tabloga bir martadan yozdirib qo'yishdi.

O'zbekiston terma jamoasi 3-turni 8 noyabr kuni Liviya terma jamoasiga qarshi o'tkazadi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 18:00 da boshlanadi.

Islom Birdamligi o'yinlarining 2-turida qayd etilgan barcha natijalar bilan tanishing:

«A» guruhi
O'zbekiston – Ozarbayjon – 13:2
Saudiya Arabistoni – Liviya – 5:1

«B» guruhi
Marokash – Tojikiston – 7:1
Eron – Afg'oniston – 2:2

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ