logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 19:45
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

SHilds rekord darajadagi shartnoma imzoladi, u 2026 yilda ringga qaytadi

 7 NOYABR, 2025, 15:16

Ikki karra Olimpiada chempioni, og'ir vazn toifasida mutlaq jahon chempioni Klaressa SHilds 2026 yil boshida ringga qaytishni rejalashtirmoqda.

Amerikalik bokschi kafolatlangan 8 million dollar miqdoridagi shartnoma imzoladi. Bu haqda Associated Press xabar bermoqda. 

Kelishuv Wynn Records va Salita Promotions promouterlik kompaniyalari bilan imzolandi. Kelishuvda janglar soni aniq ko'rsatilmagan, biroq 30 yoshli bokschi uchun kross-promouterlik imkoniyatlari ko'zda tutilgan.

"Klaressa SHilds ikki karra Olimpiada chempioni bo'lgan birinchi amerikalik bokschi, premium-kanaldagi boks shousining birinchi ayol boshlovchisi va bir nechta vazn toifalarida mutlaq jahon chempioni bo'ldi", - dedi Salita Promotions prezidenti Dmitriy Salita.

SHilds noyob yutuqqa ega - u uch xil vazn toifasida bir vaqtning o'zida to'rtta asosiy kamarga ega bo'lgan tarixdagi yagona bokschi. Uning faoliyatida 17 ta g'alaba bor. SHilds so'nggi jangini shu yil iyul oyida Detroytda Leni Danielsni mag'lub etib, og'ir vazn toifasidagi chempionlik unvonlarini himoya qilgan edi.



Manba: olamsport.com

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ