logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 20:07
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Novak Jokovich Afina turniri bosh sovrinini ko'zlamoqda

 7 NOYABR, 2025, 14:32

Greciya poytaxti Afina shahrida tennis bo'yicha ATP 250 toifasiga kiruvchi turnir bo'lib o'tmoqda.

Dunyoning beshinchi raketkasi Novak Jokovich 1/4 finalda ATP reytingida 47-o'rinni egallab turgan portugaliyalik Nunu Borjeshni qiyinchilik bilan mag'lubiyatga uchratdi - 7/6(1), 6/4. Bu tennischilarning o'zaro o'tkazgan ilk uchrashuvi bo'ldi. 

Bir soatu 44 daqiqa davom etgan bahsda Jokovich 9, Borjesh 7 ta eys zarbasini amalga oshirdi. Ikkala tennischi ham 1 tadan qo'shxatoga yo'l qo'ydi. Breyklar bo'yicha kichik ustunlik Novak tomonida bo'ldi - 1 ga 0. 

Serbiyalik tennischi faoliyatida 197-marotaba ATP turnirlari 1/2 finalida o'ynaydi. Jokovichning final chiptasi uchun kechadigan uchrashuvdagi raqibi Yannik Ganfmannga qarshi kortga chiqadi. Germaniyalik tennischi o'z o'rnida 1/4 finalda amerikalik Markos Gironni 7/6(3), 6/4 hisobida engdi.



Manba: olamsport.com

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ