logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 19:32
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Superliga. "Qo'qon-1912" - "Paxtakor". Prevyu

 7 NOYABR, 2025, 13:42

Superliga 28-tur doirasidan o'rin olgan "Qo'qon-1912" - "Paxtakor" uchrashuvi 8 noyabr kuni Qo'qondagi "Markaziy" stadionida bo'lib o'tadi. Mazkur bahs oldidan ushbu jamoalarning o'zaro o'yinlardagi statistik ma'lumotlari bilan tanishtirib o'tamiz.

O'zaro o'yinlar

Bu jamoalar shu paytga qadar chempionat doirasida 35 marta to'qnash kelishgan. O'yinlarning 6 tasida qo'qonliklar zafar quchishgan, 21 ta bahsda "sherlar"ning qo'li baland kelgan. sakkizta uchrashuvda durang natija qayd etilgan.

To'plar nisbati – 92-47, "Paxtakor" foydasiga. O'zaro o'yinlarda "Qo'qon-1912" 26 ochkoni qo'lga kiritgan. "Paxtakor"ning ochkosi 71 tani tashkil etadi.

Ushbu jamoalarning so'nggi o'nta uchrashuvi:

22.06.2025. "Paxtakor" – "Qo'qon -1912" 2:0
18.10.2022 "Paxtakor" – "Qo'qon -1912" - 5:2
18.05.2022 "Qo'qon-1912" - "Paxtakor" 1-1
01.10.2021 "Qo'qon-1912" - "Paxtakor" 4:2
12.05.2021 "Paxtakor" – "Qo'qon -1912" - 3:0
20.10.2020 "Paxtakor" – "Qo'qon-1912" - 2:1
18.08.2020 "Qo'qon-1912" - "Paxtakor" 1:3
26.07.2019 " Paxtakor" – "Qo'qon-1912" - 3:1
29.06.2019 "Qo'qon-1912" - "Paxtakor" 1:2
12.08.2018 "Qo'qon-1912" - "Paxtakor" 1:1

Bahsni Firdavs Norsafarov boshqarib boradi

Superliganing 28-turida ishlaydigan rasmiy shaxslar nomi e'lon qilindi. Unga ko'ra Qo'qonda bo'lib o'tadigan "Qo'qon-1912" hamda "Paxtakor" jamoalari o'rtasidagi uchrashuvni Firdavs Norsafarov boshchiligidagi hakamlar guruhi boshqarib boradigan bo'lishdi.

Qo'qon-1912 - Paxtakor
08.11.2025
Bosh hakam: Firdavs Norsafarov
Yordamchi hakamlar: Ruslan Serazitdinov, Baxtiyorxo'ja Shavkatov
Zaxira hakami: Asadbek Qosimjonov
Nazoratchi: Baxtiyor Namozov
VAR: G'ayrat Jo'raev
AVAR: Maksim Nexochin
Komissar: Shohruh Said

Boshlanish vaqtlari

"Qo'qon-1912" – "Paxtakor" uchrashuvi 8 noyabr kuni Qo'qondagi "Markaziy" stadionida bo'lib o'tadi, soat 16:00da boshlanadi. Bu uchrashuv "Sport tv" kanali orqali to'g'ridan-to'g'ri efirga uzatiladi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ