Shesni yana zaxira darvozaboniga aylanadi
7 NOYABR, 2025, 12:24
"Barselona" asosiy darvozaboni Joan Garsiya safga qaytish arafasida turibdi.
Marca xabariga ko'ra, hafta oxiridagi "Selta"ga qarshi o'yin Voytsex Shesni uchun kataloniyaliklar asosiy tarkibidagi so'nggi o'yin bo'ladi. FIFA kunlaridan so'ng Garsiya yana o'z pozitsiyasini egallaydi.
35 yoshli Shesni joriy mavsumni juda yomon o'tkazmoqda. U jami 8 ta o'yinda 15 ta gol o'tkazib yubordi. Uning hisobida birorta quruq o'yin yo'q.
