"Liverpul" Konatega vaqt berdi
7 NOYABR, 2025, 11:42
"Liverpul" markaziy himoyachisi Ibraima Konatega 2026 yilda yakunlanadigan shartnomasini uzaytirish bo'yicha yangi taklif berdi.
This is Anfield xabariga ko'ra, "qizillar" 26 yoshli frantsuzga 1 dekabrga qadar vaqt bergan. Futbolchi shu muddatga qadar javob bermasa, qishda 40 million evro atrofidagi summa evaziga sotib yuboriladi.
Konate 2021 yilda "RB Leyptsig"dan 40 million evroga sotib olingandi.
