logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 20:19
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Van Persi "Feyenoord"ning "Shtutgart"ga mag'lubiyatidan hafsalasi pir bo'ldi

 7 NOYABR, 2025, 11:42

"Feyenoord" bosh murabbiyi Robin van Persi Evropa Ligasidan o'rin olgan Germaniyaning "Shtutgart" jamoasidan uchralgan mag'lubiyat haqida fikr bildirdi.

Germaniyada kechgan uchrashuv 2:0 hisobida mezbonlar foydasiga hal bo'ldi. Ikkala to'p ham o'yin oxirida - 84 va 90-daqiqalarda kiritildi.

"Albatta, hamma g'alaba qozonishni xohlaydi, shuning uchun natijadan hafsalamiz pir bo'ldi", - deya mutaxassisning so'zlarini keltiradi UEFA matbuot xizmati.

Shu bilan birga, futbolchilar murabbiy singdirayotgan futbolni tushunish uchun bor kuchlarini ishga solayotganini ta'kidladi. Aynan shu narsa jamoani oldinga intilishga undaydi.

4 turdan so'ng van Persi qo'l ostidagi "Feyenoord" 3 ochko bilan turnir jadvalida 29-o'rinda bormoqda. Jamoaning keyingi raqibi Shotlandiyaning "Seltik" jamoasi bo'ladi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ