logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 14:20
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Pep murabbiy sifatidagi 1000-o'yin oldidan: "Men o'z faoliyatimdan juda faxrlanaman. Bu qadar ko'p sovrin yutaman deb o'ylamagandim"

 7 NOYABR, 2025, 11:00

Pep Gvardiola murabbiylik faoliyatidagi 1000-o'yin oldidan o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

Yakshanba kuni Gvardiola boshchiligidagi "Manchester Siti" APL doirasida "Liverpul"ga qarshi bahs olib boradi.

"Murabbiylik lavozimida 1000ta o'yin ko'rsatkichiga erishish - bu o'zgacha narsa. "Barselona B"ga murabbiylik qila boshlaganimda bu haqda bir soniya ham o'ylab ko'rmaganman. Shunchaki ishni yaxshi bajarishni, to'g'ri futbol o'ynashni va bundan nima chiqishini ko'rishni xohlaysan.

Faoliyatimda uchta ajoyib klubda ishlaganim uchun juda omadliman. "Barselona," "Bavariya" va "Man Siti"da to'liq qo'llab-quvvatlashni his qildim. Men chalg'imasdan ishlay olardim va qo'limdan kelganicha eng yaxshi murabbiy bo'la olardim. Faoliyatim bilan juda faxrlanaman", dedi Pep.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ