logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 20:21
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Superliga. "Buxoro" - "Neftchi". Prevyu

 7 NOYABR, 2025, 08:36

"Neftchi" Superliganing 28-tur doirasidagi uchrashuvini "Buxoro" futbol klubi bilan safarda o'tkazadi.

Statistikaga nazar tashlaymiz. Shu kunga qadar "Neftchi" buxoroliklar bilan  Superliga, Pro liga va O'zbekiston kubogi  musobaqalarida jami 67 marta o'zaro to'qnash kelgan.

Superliga chempionatidagi to'qnashuvlarini  inobatga olsak, bularning 15 tasida "Buxoro" g'alaba qozongan, 4 ta o'yinda murosa ko'chasi tanlangan va 36 ta bahsda "Neftchi"ning qo'li baland kelgan. Umumiy to'plar nisbati 49-104 farg'onaliklar foydasiga.

Jamoalarning o'zaro uchrashuvlardagi eng yirik g'alabalar ko'rsatkichi 1999 yil futbol mavsumida qayd etilgan. O'shanda "Buxoro" o'z maydonida 4:1 hisobidagi  g'alabani rasmiylashtirgan. Farg'onada bo'lib o'tgan javob bahsida esa "Neftchi" 5:0 hisobida ustun kelgan.

Buxoroda qayd etilgan  oxirgi 5 uchrashuv natijalari quyidagicha

21.04.2023.
"Buxoro"-"Neftchi"   2:2
19.07.2018.
"Buxoro"-"Neftchi"   0:0
07.04.2017.
"Buxoro"-"Neftchi"   3:0
16.06.2016.
"Buxoro"-"Neftchi"   2:0
05.11.2015.
"Buxoro"-"Neftchi"   3:1

Eslatib o'tamiz, Superliganing 28-tur doirasida o'tkaziladigan "Buxoro"-"Neftchi" bellashuvini Asker Najafaliev  boshchiligidagi hakamlar guruhi boshqarib boradi.Uchrashuv soat 18:00 da boshlanadi.


Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ