logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 22:39
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

«Real» Kamavinga bo'yicha ingliz klubidan taklif oldi

 6 NOYABR, 2025, 13:18

Angliyaning "Nyukasl" klubi "Real Madrid" yarim himoyachisi Eduardo Kamavingani o'z safiga qo'shib olmoqchi. Bu haqda Fichajes portali xabar berdi.

Manbaning yozishicha, ingliz klubi "Real"ga 70 million evrolik dastlabki taklifni yuborgan. "Qirollik klubi" hozircha uni rad etgan.

"Qaymoqranglilar" mavsum yakunigacha 22 yoshli futbolchining o'yinini ko'rmoqchi. Agar kelishuv amalga oshsa ham bu faqat 2026 yil yozida sodir bo'lishi mumkin.

Kamavinga bu mavsumda 10 ta o'yinda maydonga tushdi va 1 ta gol urdi. Uning shartnomasi 2028 yil yozigacha mo'ljallangan.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ