logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 00:26
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Tibo Kurtua «Liverpul» muxlislarining Aleksandr-Arnoldga munosabati haqida fikr bildirdi

 6 NOYABR, 2025, 13:12

Madridning "Real" klubi darvozaboni Tibo Kurtua Evropa Chempionlar Ligasi umumiy bosqichi doirasidagi o'yinda "Liverpul" muxlislarining "qaymoqranglilar" himoyachisi Trent Aleksandr-Arnoldga nisbatan salbiy munosabatiga izoh berdi.

"Trent "Liverpul"dan "Manchester Yunayted"dek ashaddiy dushman safiga o'tmadi. U "Real" sharafini himoya qilmoqda. Muxlislar unga hurmat bilan munosabatda bo'lishlarini va klub uchun qilgan barcha ishlari uchun unga minnatdorchilik bildirishlarini istardim," - deya belgiyalik posbonning so'zlarini keltiradi beIN Sports.

Aleksandr-Arnold "Liverpul" akademiyasi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U "Real"ga 2025 yilning yozida o'tgandi. 27 yoshli lateral "qirollik klubi" bilan 6 yillik mehnat shartnomasini imzoladi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ