logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 18:08
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Venger Virtsning "Liverpul"dagi asosiy muammosini aytdi

 6 NOYABR, 2025, 12:54

Londonning "Arsenal" klubidagi faoliyati bilan tanilgan frantsiyalik mutaxassis Arsen Venger germaniyalik xavbek Florian Virtsning "Liverpul"dagi o'yini haqida fikr bildirdi.

"Barcha muammo Virtsning sharoitida. U "o'nlik" pozitsiyasida o'ynashni xohladi, bu esa jamoaning o'yin modelini buzdi. Florian kelishi bilan Soboslai qanotga o'tishga majbur bo'ldi. "Liverpul" bosh murabbiyi bo'lganimda, o'tgan yilgi sxemani qaytarib, Virtsni chap qanotga qo'ygan bo'lardim. Uning markazdagi pozitsiyasi xato," - deya frantsuzning so'zlarini keltiradi beIN Sports.

Angliya Premer-ligasining joriy mavsumida 22 yoshli germaniyalik futbolchi 10 ta bahsda maydonga tushib, birorta gol urmadi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ