Daych Evropa Ligasining "Nottingem" uchun ahamiyati haqida gapirdi
6 NOYABR, 2025, 12:12
"Nottingem Forest" bosh murabbiyi Shon Daych Evropa Ligasining klub uchun ahamiyati haqida gapirdi.
Bugun, 6 noyabr kuni "Nottingem" safarda Avstriyaning "Shturm" klubiga qarshi bahs olib boradi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 22:45 da boshlanadi.
"Evropa Ligasi klub, uning tarixi va muxlislar uchun juda katta ahamiyatga ega. Biz, albatta, ushbu turnirga jiddiy yondashamiz. Bu klub yillar davomida qaytish uchun intilayotgan narsa," - deya mutaxassisning so'zlarini keltiradi UEFA matbuot xizmati.
U jamoasi o'yinidagi ijobiy o'zgarishlarni qayd etdi, ammo endi ularni natijaga aylantirish kerakligini qo'shimcha qildi.
