logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 07:11
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

"Real"da kuchli raqiblar bilan o'yinlarda muammolar ko'zga tashlanmoqda

 6 NOYABR, 2025, 12:06

Kuni kecha Madridning "Real" klubi Chempionlar ligasi doirasida "Liverpul"ga imkoniyatni boy berib qo'ydi (0:1). "Enfild"dagi muvaffaqiyatsizlikdan so'ng klubda "qaymoqranglilar"ning kuchli raqiblar bilan uchrashuvlardagi muammolari tufayli xavotirlar kuchaydi, deb yozadi Marca. Bu tendentsiya o'tgan mavsumda Karlo Anchelotti davridayoq ko'zga tashlangandi: Madrid grandi ko'pincha top-darajadagi jamoalar bilan o'yinlarda muvaffaqiyatsizlikka uchrardi. Hozirgi bosh murabbiy Xabi Alonso qo'l ostida "Real" autsayder raqiblarga qarshi ajoyib natijalar ko'rsatmoqda, ammo sentyabr oyida "Atletiko"ga qarshi derbida (2:5) va yaqinda Angliyada bo'lib o'tgan o'yinda bo'lgani kabi asosiy o'yinlarda qiyinchiliklarga duch kelmoqda.

Xabi Alonso joriy yilning iyun oyida murabbiylik lavozimini egallagan edi. Madridliklar La Liga 11-turidan keyin 30 ochko bilan turnir jadvalida yaqqol peshqadamlik qilmoqda va "Barselona"ni 5 ochkoga ortda qoldirmoqda.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ