logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 13:11
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Chempionlar Ligasida gol o'tkazib yubormagan faqat bitta jamoa qoldi

 6 NOYABR, 2025, 09:06

Chempionlar ligasida umumiy bosqichning 4-tur o'yinlari yakunlandi. O'tkazib yuborilgan gollar ustunida 0 raqamiga ega bo'lgan faqat bitta jamoa qoldi. Bu jamoa "Arsenal" hisoblanadi. "To'pchilar" o'tgan to'rtta bahsning barchasida 11:0 (2:0, 2:0, 4:0, 3:0) hisobida g'alaba qozondi.

Avvalroq "Inter" ham gol o'tkazib yubormagan edi. Biroq, chorshanba oqshomida milanliklar 2:1 hisobida g'alaba qozongan bo'lsa-da, "Qayrat"dan gol o'tkazib yuborishdi.

"Bavariya", "Arsenal" va "Inter" Chempionlar Ligasining 4 turidan so'ng ochko yo'qotmagan jamoalardir. Ulardan ikkitasi - "Arsenal" va "Bavariya" uch haftadan keyin o'zaro to'qnash keladi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ