logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 15:48
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Flik "Barselona"ning Chempionlar ligasidagi durang o'yini haqida fikr bildirdi

 6 NOYABR, 2025, 08:48

"Barselona" bosh murabbiyi Xans-Diter Flik Chempionlar Ligasi 4-turidan o'rin olgan "Bryugge"ga (3:3) qarshi o'yindan so'ng intervyu berdi.

"Oson o'yin emas. Vaziyatlar yaratdik, ammo "Bryugge" yaxshi himoyalandi va tajovuzkor harakat qildi. Biz yomon pressing qildik va juda ko'p duellarda yutqazdik, ayniqsa yarim himoyada. Himoyachilarga qiyin bo'ldi. To'psiz o'yinda shiddat ustida ishlashimiz kerak - bir-ikki pasda raqib hujumga yugurib chiqqanda sergak bo'lishimiz kerak. Nafaqat darvoza oldida, balki maydon markazida ham himoyalanish muhim," - deya Flikning so'zlarini keltiradi UEFA matbuot xizmati.

"Ko'k-anorranglilar" 7 ochko bilan musobaqa jadvalida 11-o'rinni egallab turibdi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ