logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 01:22
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

"Bryugge" futbolchisi "Barselona" bilan o'yinda Bekxemning rekordini yangiladi

 6 NOYABR, 2025, 08:48

"Bryugge" Chempionlar Ligasi doirasida "Barselona"ga qarshi o'yinda (3:3) g'alabani saqlab qola olmadi. Uchrashuv qahramoni mezbonlar vingeri Karlush Forbs Borxes bo'lib, u dubl va assistni o'z hisobiga yozdirib qo'ydi. Opta xabariga ko'ra, portugaliyalik futbolchi Chempionlar ligasida Kataloniya grandiga qarshi o'yinda gol urgan va golli uzatmani amalga oshirgan tarixdagi eng yosh (21 yosh-u 231 kun) futbolchiga aylandi. Bungacha rekord mashhur angliyalik Devid Bekxemga tegishli bo'lib, u 1998 yilda 23 yoshu 137 kunligida xuddi shunday natijaga erishgan edi.

"Bryugge" umumiy turnir jadvalida 4 turdan so'ng 4 ochko bilan 22-o'rinni egallab turibdi. "Barselona" 7 ochko bilan 11-o'rinda bormoqda.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ