logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 07:15
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Новостная лента

Gallaxer: "Pochettinodan minnatdorman"

 27 DEKABR, 2023, 16:18

"Chelsi" yarim himoyachisi Konor Gallaxer Ris Jeyms va Ben Chiluell yo'qligida jamoa sardori bo'lishga qanday munosabatda ekanligini aytib berdi.

"Sardorlik bog'ichini taqqanimda faxr va iftixor tuyg'usini his qilaman. Menga mas'uliyatni o'z zimmasiga olishga imkon bergan murabbiydan juda minnatdorman. Men maydonda ham, undan tashqarida ham rohatlanaman", - dedi Gallaxer.

APLning ushbu mavsumida "Chelsi" tarbiyalanuvchisi to'rtta golli uzatmani amalga oshirdi. Avvalroq "ko'klar" rahbariyati futbolchi bilan yangi shartnoma borasida kelisha olmagani uchun yanvarda yarim himoyachini sotishi mumkinligi haqida xabar berilgandi. Konorning amaldagi shartnomasi 2025 yilning yozida yakuniga etadi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ