logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 18:41
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Новостная лента

"Manchester Yunayted" Bundesliga hujumchisiga ko'z tikdi

 27 DEKABR, 2023, 15:12

“Shtutgart” hujumchisi Seru Girassi transfer bozorida talab katta, deya xabar beradi Todofichajes. Jurnalistlarning yozishicha, forvard uchun Evropaning uchta klubi da'vogarlik qilmoqda.

Girassi xizmatlariga “Manchester Yunayted”, “Borussiya Dortmund” va “Nyukasl” klublari qiziqish bildirmoqda. Yuqorida tilga olingan klublardan biriga o'tish yozgi transfer oynasi vaqtida amalga oshirilishi mumkin.

Bundesliganing joriy mavsumida 27 yoshli hujumchi 14 ta o'yinda maydonga tushib, 17 ta gol urdi va bitta golli uzatmani amalga oshirdi. Girassining transfer narxi 40 million evroga baholangan va uning shartnomasi 2026 yilning yozida yakuniga etadi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ